AsosiyJamiyat

Ayrim OTM tegishli yo`nalishlarida sirtqi ta`lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi

'Ayrim OTM tegishli yo`nalishlarida sirtqi ta`lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, “Pedagogik ta`lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta`lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 2023/2024 o`quv yili qabulidan pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMning ayrim ta`lim yo`nalishlari bo`yicha sirtqi ta`lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi (jadvalda keltirilgan).

Yuqoridagi jadvalda ko`rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta`lim yo`nalishlariga sirtqi ta`lim shakli bo`yicha o`qishga ta`lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga egalar qabul qilinadi.

Bunda ularning pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma`lumotlar asosida belgilanadi. 

    Boshqa yangiliklar