1

Toshkent va Surxondaryoda imtiyozli kredit mablag`ini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Jinoyat 24.06.2022, 18:27
Toshkent va Surxondaryoda imtiyozli kredit mablag`ini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar teeshiruv o`tkazildi.

Unda, “U.T.” MChJ rahbari N.X. hududdagi tijorat bankidan aholiga transport xizmati ko`rsatish faoliyatini tashkil etish uchun imtiyozli shartlar asosida ajratilgan 960 mln so`m kredit evaziga xarid qilingan 12 dona “Damas” rusumli avtotransport vositalarini sotib yuborib, kredit mablag`ini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shu kabi, Parkent tumanidagi “G.P.” oilaviy korxona rahbari I.T. bankning tuman filialidan imtiyozli shartlar asosida ajratilgan 220 mln so`m kredit mablag`i hisobiga xarid qilingan 16 bosh yirik shohli chorva mollarni sotib yuborib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan “R.” fermer xo`jaligining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Asakabank”ning viloyat filiali sobiq bo`lim boshlig`i B.S. va “F.F.” fermer xo`jaligi rahbari N.T. bilan o`zaro til biriktirib, “R.” fermer xo`jaligi rahbarining ishonchiga kirishib, uning nomiga soxta hujjatlar asosida 200 mln so`m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu kredit mablag`ini naqdlashtirib olib talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1