AsosiyJamiyat

Korxona eksport qilgan kundan boshlab o`z xizmat ko`rsatuvchi bankidan akkreditivning 80 foizi miqdorida kredit olishi mumkin bo`ladi

'Korxona eksport qilgan kundan boshlab o`z xizmat ko`rsatuvchi bankidan akkreditivning 80 foizi miqdorida kredit olishi mumkin bo`ladi'ning rasmi

Prezident eksportchilarni qo`llab-quvvatlash mexanizmlari yanada kengaytirilishini ta`kidladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati yozmoqda.

Jumladan, Eksport agentligi tomonidan:

- eksport qiluvchi korxonalarga 5 million dollargacha aylanma mablag` uchun resurslar ularning eksport hajmidan kelib chiqib ajratiladi;

- korxonalarning xorijda omborxonalarni ijaraga olish xarajatlarini qoplab berish uchun cheklangan maydon 100 kvadrat metrdan 500 kvadrat metrga oshiriladi.

Eksportyorlar nomiga ochilgan akkreditivlarni kredit ta`minoti sifatida qabul qilishga ruxsat beriladi. Ya`ni, korxona eksport qilgan kundan boshlab o`z xizmat ko`rsatuvchi bankidan akkreditivning 80 foizi miqdorida kredit olishi mumkin bo`ladi.

Klaster va to`qimachilik korxonalarining moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga o`tishi qo`llab-quvvatlanadi.

Bundan buyon moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o`tish xarajatlarining 50 foizgacha qismi Moliya vazirligi tomonidan qoplab beriladi.

    Boshqa yangiliklar