Bugun, 28 iyun kuni Samarqand viloyatining Pastdarg`om tumanidagi savdo do`konida yong`in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, avtomobil yo`lining yoqasida joylashgan, 1989 yilda to`g`ilgan fuqaro Sh.U. ga tegishli bo`lgan engil konstruksiyali savdo do`konida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida tuman FV bo`limiga xabar kelib tushgan.
Yong`inni bartaraf etishga FVBning 3 ta yong`in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, hodisa natijasida omborxona va savdo do`konining taxminan 100 kv.m maydonda shift, tom qismi va savdo do`koni ichidagi aralash mahsulotlari yonib, zararlangan.
"Tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda",-deyiladi xabarda.






