AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklarning 130 nafari Rossiyaga, 15 nafari esa Serbiyaga ishga yuborildi

'O`zbekistonliklarning 130 nafari Rossiyaga, 15 nafari esa Serbiyaga ishga yuborildi'ning rasmi

Vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiya Federasiyasining Moskva, Blagoveshensk shaharlari va Chelyabinsk viloyatiga jami 130 nafar, Serbiyaga esa 15 nafar yurtdoshimiz jo`nab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, fuqarolarga kuzatish jarayonida odam savdosi bilan bog`liq jinoyat qurboni bo`lib qolishning oldini olish maqsadida tegishli tushuntirishlar berilib, mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan materiallar tarqatildi.

    Boshqa yangiliklar