Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasiga fuqaro T.Yu. O`zbekistonga qaytishda amaliy yordam so`rab murojaat qilgan. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Murojaat o`rganish natijasida yurtdoshimiz joriy yilning yanvar oyida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiyaga borgani, ammo ish beruvchilar tomonidan bir necha marta aldanishi oqibatida mablag`siz va turar-joysiz qolgani ma`lum bo`ladi.
Qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimizga Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi tomonidan yordam ko`rsatilib, Vatanimizga olib kelindi.






