AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" kuzatilayotgan yuqori harorat sabab, sel kelishi kutilayotgan hududlar haqida shoshilinch axborot e`lon qildi

'"O`zgidromet" kuzatilayotgan yuqori harorat sabab, sel kelishi kutilayotgan hududlar haqida shoshilinch axborot e`lon qildi'ning rasmi

"O`zgidromet" shoshilinch axborot e`lon qildi. Unga ko`ra, joriy yilning 29 iyunidan 3 iyuligacha bo`lgan davrda tog`larda kutilayotgan yuqori harorat foni hisobiga Qirg`iziston hududidan Farg`ona viloyati tog` oldi va tog`li hududlari bo`yicha: So`x, Farg`ona tumanlarida va So`x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 

"Tog` oldi va tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog`li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlarini so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

 

    Boshqa yangiliklar