AsosiyJamiyat

Xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalar nega DTM saytida ko`rinmayapti?

'Xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalar nega DTM saytida ko`rinmayapti?'ning rasmi

Qoidaga ko`ra, abiturienlarda qandaydir imtiyoz mavjud bo`lsa, bu haqdagi ma`lumot DTM saytida avtomatik ko`rinadi. Chunki imtiyoz olganlar ro`yxati tegishli tashkilotlardan olingan ma`lumotlar asosida bazaga kiritib qo`yilgan bo`ladi. Faqat chet tillari, masalan IELTS sertifikatini qo`lda kiritish kerak. Bu haqda huquqshunos-bloger Xushnudbek Xudoyberdiev yozmoqda.

Ko`plab abiturientlarda menda xotin-qizlarga berilgan tavsiyanoma bor edi, lekin u DTM saytida ko`rinmayapti, deyishmoqda.

DTMning ma`lum qilishicha, Oliy va xotin-qizlar davlat qo`mitasi tavsiyanomaga ega xotin-qizlar to`g`risidagi ma`lumotlarni hozircha DTMga taqdim etmagan. Chunki hali tavsiyanoma berish jarayonlari to`liq yakunlangani yo`q.

Shu sababli mabodo sizda tavsiyanoma bo`lsayu, lekin DTM saytida ko`rinmayotgan bo`lsa, xavotir olmang. Qabul yakunlangunga qadar bu haqda ma`lumot kiritib qo`yiladi.

Eslatma: joriy yilda ayollarga 2 ta turdagi tavsiyanomalar berilmoqda: biri ehtiyojmand xotin-qizlarga beriladigan 2 000 ta grant kvotasi uchun tavsiyanoma, ikkinchisi 5 yil ish stajiga ega bo`lgan xotin-qizlar uchun tavsiyanoma.

    Boshqa yangiliklar