O`zbekiston Milliymedia assosiasiyasi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasi va O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi qator tashkilotlar bilan birgalikda “Do`stlik” videoroliklar tanlovini e`lon qilmoqda. Bu haqda Qo`mita mutbuot xizmati xabar bermoqda.
30 iyul - “Xalqlar do`stligi kuni” doirasida “Do`stlik festivali”ga bag`ishlangan mazkur tanlov O`zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar o`rtasidagi totuvlikni mustahkamlash yo`nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, Milliy madaniy markazlar, do`stlik jamiyatlarining faoliyati, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy, gumanitar va do`stlik aloqalarini rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlar orasida turli millatlar tili, madaniyati, an`analari, urf-odatlarini asrab avaylash va hurmat qilish g`oyalarini aks ettiradi.
Tanlov quyidagi nominasiyalar bo`yicha o`tkaziladi:
1. “Do`stlikni tarannum etgan eng yaxshi rolik”.
2. “Millatlararo totuvlik aks ettirilgan eng yaxshi ko`rsatuv, reportaj, film”.
Har bir nominasiyalar bo`yicha tanlov g`oliblari alohida tartibda
1-o`rin – 25 000 000 so`m;
2-o`rin – 20 000 000 so`m;
3-o`rin – 15 000 000 so`m pul mukofotlari
Shuningdek, 5 ta rahbatlantiruvchi o`rin – 10 000 000 so`mdan mukofotlanadi.
Do`stlik videoroliklar tanlovi g`oliblari 2022 yil 30 iyul kuni “Halqlar do`stligi kuni” munosabati bilan o`tkaziladigan “Do`stlik festivali” bayrami tadbirida taqdirlanadilar.
Videoroliklar 2022 yilning 20 iyul kuniga qadar Qo`mita matbuot xizmatiga yuborilishi lozim.
Telegramm kanal - +998 98 304-61-08
Batafsil ma`lumotlarni Qo`mitaning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalaridan olishingiz mumkin.
t.me/millatlararoqo‘mita






