Ayni kunlarda O`zbekistonda anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda. Bunday vaziyatda harakat xavfsizligini ta`minlash uchun barcha turdagi (yuk va yo`lovchi) poezdlarning tezligiga cheklovlar berilmoqda.
Shu tufayli yo`lovchi poezdlarning harakat jadvalida, ayniqsa jo`nash hamda manziliga etib borish vaqtlarida o`zgarish bo`lyapti, deya xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ.
"Yo`lovchilardan bunday vaziyatni to`g`ri tushunishlarini istardik",-deya ta`kidlamoqda jamiyat keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`rab.
Eslatib o`tamiz, qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.






