AsosiyJamiyat

Mirziyoev Gurbanguli Berdimuhamedovni qutladi

'Mirziyoev Gurbanguli Berdimuhamedovni qutladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, suhbat avvalida O`zbekiston rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni 65 yillik yubileyi bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog`lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, birodar Turkmaniston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Suhbatda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari, shu jumladan, Afg`onistonda mustahkam tinchlikni ta`minlashga va ushbu mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy tiklashga ko`maklashish masalalari yuzasidan fikr almashilgani aytilmoqda.

Ta`kidlanishicha, O`zbekiston etakchisi Berdimuhamedovga shu kunlarda Turkmaniston poytaxti Ashxobodda o`tkazilayotgan oltinchi Kaspiy sammiti muvaffaqiyatli o`tishini tilagan.

    Boshqa yangiliklar