AsosiyJamiyat

SES O`zbekistonda niqob taqishni tavsiya etmoqda

'SES O`zbekistonda niqob taqishni tavsiya etmoqda'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig`i Rustam Ikromov fuqarolarga ehtiyotkorlik yuzasidan tibbiy niqoblarni taqib yurishni tavsiya qilmoqda.

«Hozircha jamoat joylarida tibbiy niqob taqib yurish bo`yicha Respublika maxsus komissiyaning qarori kelmadi, biroq sog`liqni saqlash va ehtiyotkorlik yuzasidan tibbiy niqoblarni taqib yurishni maslahat beramiz.

Uning so`zlariga ko`ra, ayni damda koronavirusning omikron shtammi ko`proq uchramoqda. «Kasallikka chalinayotganlar orasida 90 foizi — emlanmagan fuqarolar. Qolgani 10 foizi esa vaksina olganiga 1 yildan ko`p bo`lgan, immuniteti past fuqarolar yoki homilador ayollar va bolalardir. Hozirga qadar ro`yxatga olingan barcha vaksinalar o`z samarasini ko`rsatmoqda va shu munosabat bilan mamlakatimizda aynan shu vaksinalardan foydalanish davom ettiriladi», — deydi Ikromov.

    Boshqa yangiliklar