1

O`zbekistonda yangi "Panorama Airways" aviakompaniyasi tashkil etilgani rad etildi

Jamiyat 30.06.2022, 11:38
O`zbekistonda yangi "Panorama Airways" aviakompaniyasi tashkil etilgani rad etildi

Ommaviy axborot vositalarida O`zbekistonda yangi «Panorama Airways» aviakompaniyasi tashkil etilgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. 

Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviasiyasi agentligining ma`lum qilishicha, xabarlar haqiqatga to`g`ri kelmaydi.

"Ommaviy axborot vositalarida O`zbekistonda yangi «Panorama Airways» aviakompaniyasi tashkil etilgani va tez orada Airbus-320 va Boeing-777 samolyotlarida parvozlarni amalga oshirishi haqidagi xabarlar haqiqatga to`g`ri kelmaydi.

Fuqaro aviasiyasida havo kemalaridan foydalanish bilan bog`liq bo`lgan har qanday faoliyatni amalga oshirish uchun, O`zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 44-moddasiga hamda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 1 martdagi 58-son qarori bilan tasdiqlangan  “O`zbekiston Respublikasi fuqaro aviasiyasida havo kemalari ekspluatanti sertifikatini berish tartibi to`g`risidagi Nizom” talablariga muvofiq har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs “O`zaviasiya” agentligidan belgilangan tartibda havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olishi shart.

Faqatgina havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olgandan keyingina aviakompaniya maqomini olish mumkin.

O`zini  «Panorama Airways» aviakompaniyasi deb atayotgan tashkilot bugungi kunga qadar “O`zaviasiya” agentligiga havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olish uchun ariza va havo kemasini lizingga olgani haqidagi hujjatlarni taqdim etmagan", - deyiladi rasmiy xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1