Adliya vazirligi tizimida jami 8 mingdan ortiq xodimlar faoliyat ko`rsatayotgan bo`lsa, shundan 2365 ta, ya`ni 29% i ni yoshlar tashkil qiladi.

Jamiyat 30.06.2022, 12:30
Adliya vazirligi tizimida jami 8 mingdan ortiq xodimlar faoliyat ko`rsatayotgan bo`lsa, shundan 2365 ta, ya`ni 29% i ni yoshlar tashkil qiladi.

 Adliya vazirligi Yoshlar kuni munosabati bilan tizimda faoliyat olib borayotgan yoshlar ko`rsatkichlariga e`tibor qaratdi. 

Ma`lum qilinishicha, bugungi kunda, Adliya vazirligi tizimida jami 8 mingdan ortiq xodimlar faoliyat ko`rsatayotgan bo`lsa, shundan 2365 ta, ya`ni 29% i ni yoshlar tashkil qiladi.  

Bu yoshlarning 212 nafari, ya`ni 11%  rahbarlik lavozimlarida ishlab kelmoqda. Adliya vazirligi markaziy apparatining o`zida 20 nafar yosh rahbar xodim faoliyat yuritib kelayotganliginini esa  alohida ta`kidlash lozim.  

Vazirlikda yoshlarni ishga jalb qilish borasida ham o`ziga hos tajriba yo`lga qo`yilgan. Xususan, 2021 yilda adliya organlari va muassasalariga jami 95 nafar yosh bitiruvchilar ochiq tanlov asosida ishga qabul qilindi.

Xo`sh, bu yoshlarning o`z tengdoshlaridan farqi nimada?Ular nima uchun aynan Adliya vazirligini tanlashgan? Ularning orzulari va rejalari qanday?  

Tayyorlangan videomaterialda bu haqda batafsil ma`lumotga ega bo`lasiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1