Prezident maktablari imtihonlarining birinchi bosqichi 1 iyul kuni boshlanadi. Bu haqda Prezident ta`lim muassasalari agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, test jarayonlari 1 iyul kuni soat 9:00 da boshlanadi.
Imtihonlar ikki smenada - 09:00 va 16:00 da bo`lib o`tadi va imtihonga belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelish talab etiladi.
"Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma`lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.
Talabgorlar tug`ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.
Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi", - deya qo`shimcha qilingan xabarda.