1

Yuqorichirchiqda o`qishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan universitet xodimi ushlandi

Jinoyat 30.06.2022, 16:09
Yuqorichirchiqda o`qishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan universitet xodimi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yuqorichirchiq tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bidan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat agrar universiteti xodimi F.X. fuqaro Sh.ni ushbu universitetda ishlovchi tanishlari orqali o`qishga kiritib qo`yishni 4 000 AQSh dollariga kelishib, shundan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1