1

Avtomobilni jaziramadan qanday saqlash mumkin?

Jamiyat 30.06.2022, 22:36
Avtomobilni jaziramadan qanday saqlash mumkin?

Yozda kuzatilayotgan anomal issiqlik avtomobil egalaridan o`zlariga, shu bilan birga avtomobillariga ehtiyot bo`lishlari hamda g`amxo`rlik qilishlarini talab qiladi.  

To`g`ridan-to`g`ri quyosh nurlari ostida bo`lgan avtomobilda harorat 100 darajagacha ko`tarilishi mumkin. Yuqori darajali harorat va quyoshning ultrabinafsha nurlaridan avtomobil oynasining muhrlari, fara va chiroqlarning qopqoqlari, asboblar paneli, ichki qoplamalar, tashqi qoplamaning plastik qismlari qiziydi, xiralashadi, yoriladi va buziladi.

Bunday noxushliklarning oldini olish hamda avtomobilni quyosh nuridan himoyalash uchun nima qilish kerak?

UzAuto Motors o`z tavsiyalarini berdi.

O`ZINGIZ VA YaQINLARINGIZNI JAZIRAMADAN ASRANG!

Eng avvalo, haddan tashqari qizib ketgan avtomobilda o`zingiz va yo`lovchilarni uzoq vaqt qolib ketishiga yo`l qo`ymang. Avtomobilga o`tirishingiz zahoti uni harakatlantirishga shoshilmang – yaxshisi, oynalarni oching va dvigatelni ishga tushirib, bir necha daqiqa kutib turing. Mazkur qoida, ayniqsa, to`q rangli avtomobil egalari uchun juda muhimdir!

UNUTMANG!  

Jaziramada avtomobil saloni bir necha daqiqa ichida nihoyatda yuqori haroratgacha qiziydi.

Fojiali hodisaning oldini olish uchun hech qachon bolalar, qariyalar va hayvonlarni avtomobil salonida, hatto oynalari ochiq bo`lgan taqdirda ham qarovsiz qoldirmang. Yaqinlaringizni asrang!

AVTOMOBILNI TO`G`RIDAN-TO`G`RI TUShADIGAN QUYoSh NURIDAN HIMOYa QILING!

Tabiiyki, eng yaxshi yo`l bu – avtomobilni yopiq avtoturargohlarda yoki soya joyda qoldirishdir. Ammo hamma ham bunday imkoniyatga ega emas, albatta.  

Bunday vaziyatda old oyna uchun quyoshdan himoyalovchi ekran sotib oling (himoyalovchi ekran bozorlarda 10 000 so`m turadi) va iloji boricha oynalarni yoping: bu choralarning barchasi salonning qizib ketishining oldini oladi, uning plastik va rezina elementlarini deformasiyadan himoyalaydi.

Agar, siz mashinangizni uzoq vaqt ko`chada qoldiradigan bo`lsangiz – unda avomobilning maxsus chexolini sotib oling, u sizga yozin qishin xizmat qiladi. Keltirib o`tilgan vositalar bo`lmagan taqdirda, avtomobilni quyoshga teskari, old va yon oynalariga quyosh nuri tushmaydigan qilib qo`ying. 

Avtomobilning quyosh nurida ko`p qolib ketishi, haqiqiy ranggining yo`qolishiga sabab bo`ladi.  

AVTOMOBILINGIZ SUYuQLIK DARAJASINI KUZATIB BORING!

Bu oyna tozalovchi, moy, freon va boshqa shu kabi suyuqliklarga taalluqli. Yozda dvigatel yuklamasi haddan tashqari ortadi va uni etarli miqdorda motor moyi bilan ta`minlash nihoyatda muhim. Yozning issiq kunlarida avtomobildan intensiv foydalanish bilan yog`ni tez-tez almashtirish kerakligini unutmagan holda, uni vaqti-vaqti bilan bajarishga harakat qiling. Radiatorga disterlangan suv emas maxsus antifriz quyish kerakligini yodda tuting. Yoz mavsumida tormoz suyuqligini muntazam ravishda o`zgartirib turing, shu bilan birga sizga taqdim etilgan xizmat kitobidagi tavsiyalarga amal qiling.

YoQILG`INI TO`LA TO`LDIRMANG!

Haddan tashqari issiqda, yonilg`ini yoqilg`i baki to`lguncha to`ldirmang. Harorat ko`tarilganda yoqilg`i kengayib, bakdan to`kilishi mumkin. To`kilgan yoqilg`i avtomobil ranggiga yoki korpusning korroziyaga qarshi himoya qilish (antikorozyon) qoplamalariga zarar etkazishi mumkin. Bundan tashqari, oqqib to`kilgan yoqilg`i atrof-muhitga zarar etkadi va hattoki yoqilg`i yonib ketishi ham mumkin.  

ShINALARNI TO`G`RI TANLANG

Qishki shinalarni yozgisi almashtiring. Asfaltning issig`ida ular emirilib, yo`lda harakatlanish uchun tavsiya qilinmaydi. Yozgi shinalarning qattiqligining xususiyatlari bor. Chunki issiq havo haroratida rezinalar yumshashi mumkin. Shuni unutmangki, judayam yuqori haroratda aspfalt qizib yumshaydi. Yozgi shinalar xavfsiz tozmorlash uchun maxsus protektorga ega bo`lib, yo`lda suvdan himoya qilish va yoqilg`ini tejash imkonini beradi.

ZINHOR BUYuMLARNI AVTOMOBILDA QOLDIRMANG!

Yoz mavsumida avtomobilingiz salonida gazli ichimliklar, tibbiy buyumlar va dori vositalar, shuningdek, quyoshdan himoyalovchi kremlar, ko`zoynaklar, tur xildagi suyuqliklar hamda balonchiklarni, ayniqsa, elektron qurilmalarni saqlamang. Yozning jazirama issig`ida avtomobil salonida qoldirilgan eng oddiy buyum ham xavfli hisoblanadi.  

QUYoSh NURIDAN KO`ZINGIZNI ASRANG!  

Quyosh nuri haydovchini ko`rish qobiliyatini pasaytirib, bir necha soniyalar ichida yo`lda noxush hodisani keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, quyoshdan saqlovchi ko`zoynaklar tavsiya qilinadi. Ular yo`l-transport hodisasi sodir etilishining oldini oladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1