AsosiyJamiyat

"Men yoshlar etakchilari timsolida bo`lajak hokimlar va vazirlarni ko`raman" — Mirziyoev

'"Men yoshlar etakchilari timsolida bo`lajak hokimlar va vazirlarni ko`raman" — Mirziyoev'ning rasmi

Davlat rahbari “Yosh rahbar kadrlar zaxirasi” shakllantirilib, uning 30 foizi yoshlar etakchilari hisobidan to`ldirilishini ma`lum qildi, deya xabar bermoqda Darakchi.uz' muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

"Men yoshlar etakchilari timsolida bo`lajak hokimlar va vazirlarni, yirik bank va kompaniyalar, davlat va nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalar liderlarini ko`raman",-deydi Mirziyoev.

O`zbekiston rahbari so`zida davom etarkan Konstitusiya muhokamasida bildirilgan tashabbuslarning 70 foizdan ortig`i aynan yoshlarga tegishli ekanini ta`kidladi.

"Qadrli farzandlarim!

Biz “Betakror yurtimizda barqaror jamiyatni va bardavom taraqqiyotni ta`minlash – barchamizning bosh maqsadimizdir!” shiori ostida islohotlarimizning yangi davrini boshlamoqdamiz.

Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasida yoshlar bilan ishlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlashni islohotlarimizning bosh mezonlaridan biri sifatida belgiladik.

Shu kunlarda Konstitusiyamiz umumxalq muhokamasida ko`rib chiqib, uni takomillashtirish bo`yicha juda muhim siyosiy islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada kelib tushgan taklif va tashabbuslarning 70 foizdan ortig`i aynan yoshlarimiz tomonidan bildirilgani meni juda quvontirdi",-deydi davlat rahbari.

Dilbar Abdunabieva.

    Boshqa yangiliklar