Adliya vazirligi 1 iyuldan O`zbekiston qonunchiligida qanday o`zgarishlar bo`lishi haqia ma`lumot berdi. Unga ko`ra:
- Avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish bepul bo`ladi.
- Ayrim shifokorlarga uy olish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
- “Xavfsiz yo`l” indeksi yuritiladi.
- Virusli gepatitga qarshi samarali choralar ko`riladi.
- Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga bir martalik subsidiya beriladi.
- Davlat muzeylari soat 22:00 gacha xizmat ko`rsatishi mumkin.
- “Tibbiyot brigadalari”ga 3 600 ta shtat beriladi.
- Parranda eksporti uchun subsidiya oshiriladi.
- Mahallalarda ijtimoiy xizmatlar kompleks yondashuv asosida ko`rsatiladi.
- Bo`sh turgan binolarga nisbatan yuqori soliq stavkasini belgilash bekor qilindi.
- Spinal mushak atrofiyasi klinik diagnoziga ega oilalarning Yagona milliy registri yuritiladi.
- “Oilaviy shifokor” yo`nalishi bo`yicha mustaqil faoliyat amalga oshirishga ruxsat beriladi.






