AsosiyJamiyat

Karmanada imtiyozli kredit mablag`ini talon-toroj qilgan MChJlar aniqlandi

'Karmanada imtiyozli kredit mablag`ini talon-toroj qilgan MChJlar aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman bo`limi tomonidan ATB “Mikrokreditbank” Karmana filialining murojaatiga asosan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, “K.Y.” ishlab chiqarish korxonasi rahbari N.J. va “K.D.” MChJ mas`ul shaxslari bankdan zamonaviy issiqxona qurish maqsadida ajratilgan 150 mln so`m imtiyozli kredit mablag`ini “K.D.” MChJ hisob-raqamiga o`tkazish orqali naqdlashtirib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar