Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, “Qarshi shahar buyum bozori” oldida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish faoliyati bilan shug`ullanib kelayotgan fuqaro X.D. fuqaro A.ga 5 300 AQSh dollarini 58,8 mln so`mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir jarayonida jami 5 800 AQSh dollari va 4050 rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






