AsosiyJamiyat

O`zbekistonda har yili “Islom olamida turizm haftaligi” o`tkaziladi

'O`zbekistonda har yili “Islom olamida turizm haftaligi” o`tkaziladi'ning rasmi

27–29-iyun kunlari O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegasiya Boku Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a`zo mamlakatlar turizm vazirlari Islom konferensiyasining XI sessiyasida ishtirok etdi. 

Tadbirda IHT davlatlari turizm vazirliklari va turizm boshqarmalari rahbarlari, shuningdek, IHT institut va tuzilmalari rahbarlari, xususan, IHT Bosh kotibi Brahim Hisseyn Taha va Tashkilotga a`zo mamlakatlar delegasiyalari qatnashdi. 

Konferensiya davomida Islom turizmini rivojlantirish bo`yicha Strategik yo`l xaritasi, turizm investisiya loyihalarini amalga oshirish, pandemiyadan keyingi davrda sohani tiklash, islom madaniyati va merosini targ`ib qilish, sayyohlik ko`rgazmalarini o`tkazish va shu kabi mavzular muhokama qilindi.

O`zbekiston delegasiyasi rahbari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov o`z nutqida respublikamiz, xususan, Xiva shahrining sayyohlik salohiyati haqida so`z yuritib, shu mavzuda taqdimot o`tkazildi, videofilmlar namoyish etildi. 

Shuningdek, avval xabar berganimizdek, Xiva shahri 2024 yildagi islom dunyosining turizm poytaxti deb e`lon qilindi, 2024 yilda Xiva shahrida Turizm vazirlarining XII Islom konferensiyasini tashkil qilish va har yili O`zbekistonda “Islom olamida turizm haftaligi”ni o`tkazishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, “Boku deklarasiyasi” va “IHTga a`zo davlatlar o`rtasida turizmni rivojlantirish bo`yicha rezolyusiya” ham qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar