Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari (IUT) O`zbekiston-Koreya dizayn yarmarkasida Android tizimi uchun mobil ilovalar yaratish nominasiyasida birinchi va ikkinchi o`rinni qo`lga kiritdilar.
O`zbekiston-Koreya dizayn yarmarkasi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Koreya transport milliy universiteti (KNUT) tomonidan tashkil etildi.
Yarmarkadan avval TATU va KNUT Toshkent shahrida joylashgan universitetlar talabalari va kasb-xunar kollejdlari, hamda akademik lisey o`quvchilari uchun Android platformasiga mobil ilovalar yaratish kurs o`tkazdilar. Unda 30 nafar yoshlar ishtirok etdilar.
Ushbu ikki xaftalik kursni KNUT professorlari va talabalari o`tkazdilar. Darslar davomida ular ishtirokchilarga Java dasturlash tili asosida mobil ilovalar yaratishni o`rgatdilar.
Kurs yakuniga ko`ra ishtirokchilar olti guruhga bo`lindilar va ular olgan bilimlari asosida mobil ilovalarini taqdim etishlari kerak edi.
Yarmarka natijalariga ko`ra Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Shaxzod Boxidjonov boshchiligidagi guruh Fast Cafe ilovasi bilan birinchi o`rinni egalladi.
Universitetning yana bir talabasi Muhlisa Anvarovaning guruhi XWING Runner nomli o`yin bilan ikkinchi o`rinni qo`lga kiritdi.





