AsosiyJamiyat

"Nukus—Beyneu" yo`nalishida qatnovchi halqaro yo`lovchi poezdining bugungi bir reysi bekor qilindi

'"Nukus—Beyneu" yo`nalishida qatnovchi halqaro yo`lovchi poezdining bugungi bir reysi bekor qilindi'ning rasmi

Bugun, 3 iyul kuni “Nukus — Beyneu — Nukus” yo`nalishida qatnovini amalga oshiradigan 647/648-sonli halqaro yo`lovchi poezdining harakati bir reysga bekor qilinadi. “O‘ztemiryuo‘lyo‘lovchi” AJ bu haqda xabar bermoqda.

Ma`lum qilishicha, bu texnik sabablar bois joriy qilinmoqda. 

"Xarid qilingan chiptalarning summasi to`liq qiymatda o`z egalariga qaytarib beriladi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ rahbariyati keltirilgan noqulaylik uchun yo`lovchilardan uzr so`raydi",-deyiladi xabarda. 

Eslatib o`tamiz, qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Dilbar Abdunabieva.

    Boshqa yangiliklar