Quyichirchiqda savdo majmuasi yonib ketdi (video)

Jamiyat 03.07.2022, 18:40
Quyichirchiqda savdo majmuasi yonib ketdi (video)

Bugun, 3 iyul kuni soat 13:22 da Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani Do`stobod shaharchasi Bibixonim ko`chasida joylashgan savdo majmuasida yong`in sodir bo`ldi. Bu to`g`risida tuman FV bo`limiga xabar kelib tushgan, deya xabar bermoqda FVV.

Qayd etilishicha, 8 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 13:26 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 14:19 da o`rab olingan va soat 14:32 da o`chirilgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yong`in natijasida savdo majmuasining taxminan 400 kv.m maydoni yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda",-deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1