O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyatida kechga tomon ba`zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi mumkin, ba`zi joylarda shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 32-37° bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon ba`zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 35-37° bo`ladi.
Tog`li hududlarda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo`ladi.






