AsosiyJamiyat

Konstitusiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yana 10 kunga uzaytirildi

'Konstitusiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yana 10 kunga uzaytirildi'ning rasmi

Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi.  

Quyi palata matbuot xizmatinineg ma`lum qilishicha, deputatlar “O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Konstitusiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi bilan bog`liq masalani ko`rib chiqilyapti.

Ma`lumki, qonuni loyihasi 2022 yilning 25 iyunidan 5 iyuliga qadar umumxalq muhokamasiga qo`yilgan edi. Qayd etilishicha, Konstitusiyaviy qonun loyihasi yuzasidan umumxalq muhokamasi mamlakatimizning barcha hududlarida qizg`in tashkil etilmoqda. Bugungi kunga qadar Konstitusiyaviy qonun loyihasi yuzasidan aholi va fuqarolik jamiyati institutlaridan jami 57 mingdan ziyod takliflar kelib tushgan. Tahlil natijalari shuni ko`rsatmoqdaki, umumxalq muhokamasining dastlabki kunlarida Konstitusiyaviy qonun loyihasi yuzasidan kelib tushgan takliflar kuniga 700 ga yaqinni tashkil etgan bo`lsa, hozirgi vaqtga kelib, ularning soni kuniga 10 mingga etmoqda.  

Ushbu raqamlar umumxalq muhokamasi aholining mazkur siyosiy jarayonlarga nisbatan daxldorlik hissi oshib, o`z fikr-mulohazalarini bildirishga qiziqishi tobora ortib borayotganini ko`rsatmoqda. 

Shundan kelib chiqib, umumxalq muhokamasini yana 10 kunga, ya`ni 15 iyulga qadar uzaytirish taklif etildi.

Shuningdek, Qoraqalpog`iston aholisi bildirayotgan fikr va mulohazalarni o`rgangan holda Prezidentning O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 70, 71, 72, 74, 75-moddalarini amaldagi tahrirda o`zgarishsiz qoldirish haqidagi taklifi ham ko`rib chiqish uchun qabsl qilindi. 

Boshqa yangiliklar