AsosiyJamiyat

Termizda kuzatilayotgan kuchli shamol sabab Toshkent – Termiz — Toshkent aviareyslari vaqti o`zgardi

'Termizda kuzatilayotgan kuchli shamol sabab Toshkent – Termiz — Toshkent aviareyslari vaqti o`zgardi'ning rasmi

Termiz xalqaro aeroportida noqulay ob-havo (kuchli shamol, ko`rishning etarli darajada emasligi) sharoiti tufayli, bugun 2022 yil 4 iyul kungi  HY065 Toshkent – Termiz qatnovi vaqti 07:40 dan 12:10 ga ko`chirildi. Bu haqda "Uzbekistan Airways" xabar bermoqda. 

Shu munosabat bilan, HY066 Termiz – Toshkent qatnovi vaqti ham majburiy ko`chiriladi.  

"Keltirilgan noqulayliklar uchun yo`lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so`raymiz. To`g`ri tushunishingizga umid qilamiz", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar