Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, 1-2 iyul kunlari tartibsizliklarda qatnashgani uchun voqea joylarda ushlangan 516 nafar fuqaro IIBga topshirildi, ular bilan surishtiruv ishlari olib borilyapti, surishtiruv natijasiga ko`ra ayrimlari ma`muriy chora qo`llanilgandan so`ng qo`yib yuborilyapti.
Shuningdek, Farmon bilan favqulodda holat elon qilingandan so`ng, 3 iyuldan 4 iyulga o`tar kechasi komendantlik tartibini buzgani uchun 110 nafar fuqaro ko`chalarda bemaqsad yurgani uchun ushlanib, ichki ishlar idoralariga topshirilgan. 12 ta avtotransport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi.
Xususan, Nukus shahrida patrullik xizmati davomida komendantlik soatiga rioya qilmagan 58 nafar shaxs ushlangan. Shundan, 28 nafar shaxsga nisbatan MJtKning 204-moddasi (favqulodda xolat tartibining talablarini buzish) bo`yicha ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Qolganlar bilan prrofilaktika suhbatlar o`tkazilib, soat 7:00 dan keyin qo`yib yuborilgan.