AsosiyJamiyat

"Turkiya O`zbekistonning osoyishtalikni saqlash uchun qilgan ishlarini qat`iy qo`llab-quvvatlaydi"

'"Turkiya O`zbekistonning osoyishtalikni saqlash uchun qilgan ishlarini qat`iy qo`llab-quvvatlaydi"'ning rasmi

Ayni vaqtda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bergan xabarga ko`ra, bugun, 4 iyul kuni mamlakat tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho`g`li bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi.

Suhbat avvalida M.Chavusho`g`li O`zbekiston tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasida tinchlik, xavfsizlik va jamoat osoyishtaligini ta`minlash, ushbu hududning barqaror rivojlanishini har tomonlama qo`llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan qat`iy chora-tadbirlarni Turkiya qat`iy qo`llab-quvvatlashini bildirgan.

Shundan so`ng O`zbekiston va Turkiya o`rtasidagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni o`z vaqtida va to`laqonli amalga oshirish muhimligi qayd etilgan.

Ma`lum qilinishicha, muloqotda ikki va ko`p tomonlama shakldagi rejalashtirilgan tadbirlarnining tashkiliy va mazmuniy jihatlari ko`rib chiqilgan. 

"Shu jumladan, Toshkent shahrida o`tkazilishi kutilayotgan tashqi siyosat, iqtisodiyot va transport masalalari uchun mas`ul idoralar rahbarlari darajasidagi "O`zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya" uch tomonlama uchrashuviga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi",-deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Toqaev, Emomali Rahmon, Sadir Japarov, Evropa kengashi Prezidenti hamda Xitoy vakilining vaziyat bo`yicha munosabatlarini ma`lum qilgan edik.

Dilbar Abdunabieva.

    Boshqa yangiliklar