AsosiyJamiyat

Buxoro shahri aholisi suvdan uzib qo`yildi

'Buxoro shahri aholisi suvdan uzib qo`yildi'ning rasmi

O`zbekistonning Buxoro shahrida suv ta`minoti vaqtinchalik to`xtatildi.

Bu haqda hokimlik xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, shaharning Piridastgir ko`chasidan o`tuvchi diametri 700 mm. li markaziy ichimlik suv quvurida nosozlik (avariya holati) sodir bo`lgan.

"Shu sababli Buxoro shahri bo`ylab vaqtinchalik ichimlik suv ta`minoti to`xtatildi. Ayni damda hosil bo`lgan nosozlikni bartaraf etish choralari ko`rilmoqda va keyinchalik holat yuzasidan ma`lumot beriladi",-deyiladi xabarda.

Dilbar Abdunabieva.

    Boshqa yangiliklar