O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent, Namangan viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi mumkin, ba`zida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35° bo`ladi.
Poytaxtimizda kunning birinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 30° atrofida bo`ladi.
Tog`li hududlarda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ayrim tog` oldi va tog`li hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo`ladi.






