AsosiyJamiyat

Samarqandda fuqarolar YPX inspektorining qo`lidagi "jezl"ni tortib olib, sindirib tashladi

'Samarqandda fuqarolar YPX inspektorining qo`lidagi "jezl"ni tortib olib, sindirib tashladi'ning rasmi

Samarqand shahrida xizmat olib borayotgan YPX inspektorining qonuniy talabiga bo`ysunmagan 2 nafar shaxslarga jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olindi. Yana ikki nafariga 15  sutkadan ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, ushbu shaxslar YPX inspektorining qo`lidagi to`xtatish tayog`i(jezl)ni tortib olib, sindirib tashlagan. O`ziga esa tan jarohati etkazgan.

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar