Ishga layoqatsiz bo`lib qolgan yurtdoshimiz O`zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, bundan 11 yil avval Rossiya Federasiyasiga ishlash maqsadida borgan M.G. ayni paytda og`ir dardga chalinib, ishga layoqatsiz bo`lib qolgan.
Fuqaro M.G.ga mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Tomsk shahridagi “Do`stlik” o`zbek diaspora tashkiloti tomonidan yordam ko`rsatilib, aviachipta olib berildi.
4 iyul kuni Novosibirsk – Toshkent yo`nalishidagi aviareys orqali O`zbekistonga qaytarildi.
Ma`lumot o`rnida shuni aytish mumkinki, yurtdoshimizni O`zbekistonning mutasaddi tashkilotlari vakillari kutib olib, tibbiy xizmat ko`rsatishga kelishib olingan.






