Qibray va Yuqorichirchiq tumanlarida o`qishga kiritmoqchi bo`lgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departamentning Qibray tuman bo`limi tomonidan viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Chirchiq shahar Olimpiya zaxiralari kolleji o`qituvchisi J.B. va O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi E.A.lar fuqaro G`.ni ushbu universitetga tanishlari orqali o`qishga kiritib qo`yish evaziga 4 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shu kabi, Yuqorichirchiq tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. boshqa bir fuqaro B.ni O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga tanishlari yordamida o`qishga kiritib qo`yish evaziga 4 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






