Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va Rossiyadagi qurilish kompaniyasi o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga muvofiq, fuqarolar Saxalin viloyatidagi Neft va gazni qayta ishlash zavodi qurilishiga armatura to`quvchisi, beton quyuvchi, beton va metallkonstruksiyalarni o`rnatuvchi, elektr payvandchi, texnologik quvurlar o`rnatuvchi kabi mutaxassisliklar bo`yicha ishga taklif etiladi.
Oylik ish haqi mutaxassislikdan kelib chiqib:
- Armatura to`quvchisi, beton quyuvchi - 65 ming rubldan boshlab;
- Beton va metallkonstruksiyalarni o`rnatuvchi - 90 ming rubldan boshlab;
- Elektr payvandchi - 130 ming rubldan boshlab;
- Texnologik quvurlar o`rnatuvchi - 90 ming rubldan boshlab.
Yashash joyi, ovqatlanish, transport va ishlash huquqini beruvchi patent hujjatini rasmiylashtirish bilan bog`liq xarajatlar ish beruvchi hisobidan qoplanadi.
Nomzodlarga qo`yiladigan talablar:
- 25-50 yoshgacha bo`lishi;
- rus tilini bilishi qo`shimcha ustunlik beradi;
- sudlanmagan bo`lishi;
- O`zbekistondan chiqishga va Rossiya hududiga kirishga taqiq qo`yilmagan bo`lishi.
Ushbu vakansiyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar quyidagi havola orqali 2022 yil 18 iyul kuni soat 09:00 ga qadar ro`yxatdan o`tishlari mumkin.
"Faqatgina yuqorida ko`rsatilgan mutaxassisliklar bo`yicha tajribali fuqarolar ro`yxatdan o`tishi so`raladi" deyiladi xabarda.
Ma`lumot uchun: (71) 202-33-55






