AsosiyJamiyat

O`zbekcha Vikipediyada maqolalar soni 150 mingtadan oshdi

'O`zbekcha Vikipediyada maqolalar soni 150 mingtadan oshdi'ning rasmi

May oyidagi «WikiStipendiya» loyihasi boshlangandan beri 3 iyul holatiga ko`ra, o`zbekcha Wikipedia`da yaratilgan maqolalar soni 150 000 taga etdi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa`dullaev o`zining Telegram-kanalida ma`lum qildi.

O`zbekcha Wikipedia ayni paytda 150 082 ta maqola bilan barcha tillardagi Wikipedia`lar orasida 58 o`rinda bormoqda. Bunga qadar esa xattoki o`lik tillardan ham pastroq, 62 o`rinda bo`lgan.

«Viki-stipendiya» loyihasi ishga tushgach, avval o`zbekcha Vikipediyada mavjud bo`lmagan juda ko`plab maqoalalar joylandi. Masalan, «Yangi O`zbekiston bog`i», «Zakovat» intellektual o`yini, Samarqand noni, O`zbekiston Qahramoni Lola Murotova haqidagi maqolalar shular jumlasidandir.

Ma`lumot uchun, loyihada ishtirok etish uchun @Wikistipendiya_bot orqali ro`yxatdan o`tish va Vikipediyada o`zbek tilidagi maqolalarni boyitishda faol ishtirok etish mumkin. Loyiha AOKA, Yoshlar ishlari agentligi hamda O`zbek tilida so`zlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan.

Maqolalar yaratish bo`yicha WikiStipendiya marafoni 2022 yilning 12 dekabriga qadar davom etadi. Unda ro`yxatdan o`tgan har qanday ishtirokchi qatnashishi mumkin. G`oliblar bir martalik stipendiya bilan taqdirlanadi:

1-o`ringa — 50 000 000 so`m;

2-o`ringa — 40 000 000 so`m;

3-o`ringa — 30 000 000 so`m;

4−8-o`rinlarning har biriga — 20 000 000 so`mdan;

9−18-o`rinlarning har biriga — 10 000 000 so`mdan;

 

    Boshqa yangiliklar