Ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotlari vakillari o`rtasida Nukusda xorijiy jurnalistlarga voqealarni yoritishga to`sqinlik qilinayotgani aytilmoqda.
"Yuksalish" umummilliy harakati raisi Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov taniqli jurnalist Joanna Lillis voqealarni yorita olmayotgani, texnikalari olib qo`yilganligi haqida xabarlar feyk ekanligini qayd etdi.
" – Men joydagi komendatura vakillari, shuningdek, Joanna Lillis xonim bilan bog`landim. U hech qanday muammo yo`qligini, faoliyat olib borayotganini bildirdi", – deydi B.Bekmurodov.