6 oyda O`zbekistonda 318 ming inson dunyoga keldi va qariyb 74 ming o`lim qayd etildi

Jamiyat 21.07.2016, 10:13
Teglar: O`zbekiston, Ona va bola
6 oyda O`zbekistonda 318 ming inson dunyoga keldi va qariyb 74 ming o`lim qayd etildi

Dastlabki ma`lumotlarga asosan, O`zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2016 yil 1 iyul holatiga 31807 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 231,7 ming kishiga yoki 0,7 foizga o`sgan. Jumladan, shahar aholisi soni 16110 ming kishini (jami aholi soniga nisbatan 50,6 %), qishloq aholisi soni 15697 ming kishini (jami aholi soniga nisbatan 49,4 %) tashkil etdi.

2016 yilning yanvar-iyun davrida 318 mingta bola tug`ilib, mos ravishda tug`ilish koeffisienti 20,2 promilleni tashkil qildi (2015 yilda 20,2 promille bo`lgan), deya xabar beradi Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati.

2016 yilning yanvar-iyun oylarida 73,9 mingta o`lim qayd etilgan bo`lib, mos ravishda o`lim koeffisienti 4,7 promilleni tashkil etdi.

Ro`yxatga olingan jami o`lganlarning 59,7 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8,6 foizi o`simtalardan, 5,5 foizi ovqat hazm qilish a`zolari kasalliklaridan, 6,3 foizi nafas olish a`zolari kasalliklaridan, 5,6 foizi baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan vafot etgan.

6 oyda 3,7 mingta 1 yoshgacha bo`lgan bolalar o`limi qayd etildi va go`daklar o`limi koeffisienti 10,0 promilleni tashkil etdi. Ro`yxatga olingan 1 yoshgacha o`lgan jami bolalarning 53,5 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 24,4 foizi nafas olish a`zolari kasalliklaridan, 10,2 foizi tug`ma anomaliyalardan, 3 foizi yuqumli va parazitar kasalliklardan vafot etgan.

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
Ozarbayjon va O`zbekiston Prezidentlari Ichan qal`ani aylanishdi (foto)

22.06.2022, 15:14

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Xiva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. Kecha bo`lib o`tgan muzokaralar yakunida davlatimiz...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1