AsosiyJamiyat

Mirziyoev Erdrog`an bilan gaplashdi

'Mirziyoev Erdrog`an bilan gaplashdi'ning rasmi

Bugun, 5 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi.

Muloqot davomida Turkiya rahbari Qoraqalpog`istonda barqarorlikni ta`minlashdagi harakatlarni qo`llab-quvvatlagan. Bu haqda Mirziyoev matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, etakchilar dastlab shu yili mart oyida Toshkent shahrida o`tgan Strategik sheriklik kengashining ikkinchi yig`ilishida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini muhokama qilishgan. Shuningdek, O`zbekiston va Turkiya o`rtasidagi ko`p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirish masalalari ko`rib chiqildgan.

Shuningdek, 2022 yil noyabr oyida Samarqand shahrida bo`lib o`tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yuzasidan fikr almashilgani aytilmoqda.

"Davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti bilan bir-birini qutlab, mamlakatlarimizning birodar xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladilar",-deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Toqaev, Emomali Rahmon, Sadir Japarov, Evropa kengashi Prezidenti hamda Xitoy vakilining Qoraqalpog`istondagi vaziyat bo`yicha munosabatlarini ma`lum qilgan edik.

Dilbar Abdunabieva.

    Boshqa yangiliklar