Shavkat Mirziyoev Putin bilan gaplashdi

Jamiyat 05.07.2022, 21:13
Shavkat Mirziyoev Putin bilan gaplashdi

Rossiya Qoraqalpog`istondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo`yicha ko`rilgan choralarni qo`llab-quvvatlaydi.

Bugun, 5 iyul kuni O`zbekiston Prezidenti va Rossiya rahbari o`rtasida telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi.

Suhbat avvalida Rossiya Prezidenti davlatimiz rahbari tomonidan Qoraqalpog`istondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo`yicha ko`rilgan qat`iy choralarni qo`llab-quvvatlashini ta`kidladi, deya xabar bermoqda matbuot xizmati.

Ta`kidlanishicha, muloqotda O`zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ikki mamlakat o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko`rib chiqilgan. Shuningdek, o`tgan yil noyabr oyida Moskva shahrida o`tgan oliy darajadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishiga alohida e`tibor qaratilgan.

"Mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, bo`lajak tadbirlar rejasi, shu jumladan Samarqand shahrida o`tkaziladigan ShHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig`ilishi doirasidagi tadbirlar ko`rib chiqildi",-deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Toqaev, Emomali Rahmon, Sadir Japarov, Erdog`an, Evropa kengashi Prezidenti hamda Xitoy hamda Turkmanistonning Qoraqalpog`istondagi vaziyat bo`yicha munosabatlarini ma`lum qilgan edik.

Dilbar Abdunabieva.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1