Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, “D.” MChJga qarashli dorixona boshqaruvchisi T.K. o`ziga ishonib topshirilgan MChJga tegishli jami 4 mlrd so`mlik dori vositalari va tibbiyot buyumlarini talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






