Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yil 1 iyul holatiga respublikamizda faoliyat ko`rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 353 tani tashkil etgan.
Faoliyat kúrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o`tgan yilning mos davriga nisbatan 1 539 taga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
- Rossiya – 2 654 ta
- Turkiya – 2 032 ta
- Xitoy – 2 011 ta
- Qozog`iston – 1 161 ta
- Koreya – 905 ta
Xorijiy kapital ishtirokida 2022 yilning yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
Rossiya – 399 ta
Turkiya – 183 ta
Xitoy – 124 ta
Qozog`iston – 100 ta






