AsosiyJamiyat

Adliya vazirligining vacancy.adliya.uz veb-saytidagi nosozliklar bartaraf etildi

'Adliya vazirligining vacancy.adliya.uz veb-saytidagi nosozliklar bartaraf etildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Adliya vazirligining vacancy.adliya.uz veb-sayti orqali ishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va test javoblari bo`yicha bildirilayotgan e`tirozlar yuzasidan vazirlik Axborot xizmati rahbariquyidagilarni ma`lum qildi.

Joriy yilning 9-10 iyul kunlari ma`lumotlar bazasi saqlanadigan serverlarda texnik sabablarga ko`ra uzilishlar kuzatildi. Hozirda ish faoliyati barqaror. Shu kunlarda muddati tugagan ishga qabul qilish bo`yicha e`lonlarning muddati joriy yilning 13 iyul soat 23:59 gacha uzaytirilganligi ma`lum qilinadi.

Shuningdek, dasturiy ta`minotda kuzatilgan texnik nosozlik tufayli veb-saytda ishga qabul qilish bo`yicha tanlovning ba`zi test savollarida ayrim javoblar varianti takrorlanib qolgani yuzasidan ham turli fikrlar bildirildi. Ushbu holatlarni bartaraf etish yuzasidan dasturchilar yordamida tezkor choralar ko`rildi, nosozliklar tuzatildi.Ta`kidlash joizki, mazkur veb-saytda savollar soni va varianti juda ham ko`p hamda u muntazam yangilanib boriladi. Bu jarayonda inson omili aralashmaydi. Noto`g`ri javoblar o`sha zahoti avtomatik ravishda qaytariladi.  

 

 

    Boshqa yangiliklar