23 iyun kuni soat 23:00 larda Jarqo`rg`on tuman IIB Jinoyat qidiruv bo`limi xodimlari tomonidan tuman hududida o`tkazilgan tadbir davomida, K.Zamira (ism shariflar o`zgartirilgan) yashash uyida 400.000 (to`rt yuz ming) so`m pul evaziga fuqarolar A.Matluba va S.Botirlarga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
3 iyul kuni K.Zamiraga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






