Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumani prokurori yordamchisi 10 iyul kuni 1500 dollar pora olayotgan vaqtda qo`lga olindi. Bu haqda bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov darakchi.uz'ga ma`lum qildi.
Yordamchi DXXning Andijon viloyat boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda, prosessual tartibda ushlangan.
Holat yuzasidan shu kuni Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






