O`zbekistonlik sportchilar Olimpiadadagi qo`lga kiritilgan medallar uchun qancha miqdorda mukofot puli olishlari ma`lum bo`ldi.
Unga ko`ra oltin medalni qo`lga kiritgan sportchimiz 200 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot puli bilan taqdirlanadi, deya xabar beradi Olamsport.com nashri.
Kumush medal sohibi 100 000 AQSh dollar, bronza medalni qo`lga kiritgan o`zbekistonlik sportchi esa 75 000 AQSh dollar bilan mukofotlanadi.
Eslatib o`tamiz, Olimpiada ochilishi 5 avgust kuni Rioda bo`lib o`tadi.





