Qozog`istonning Olma-ota viloyatida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida joriy yil 14 may kuni avtohalokatga uchrab, shifoxonada yotgan yurtdoshimiz M.A.ning qarindoshlari Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga murojaat qilib, uni O`zbekistonga qaytarishni so`ragan.
Ushbu murojaat Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Qozog`iston Respublikasidagi vakili va mamlakatimizning Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida tezkorlik bilan o`rganilib, zarur hujjatlar rasmiylashtirilgach, maxsus avtomobilda shifokor hamrohligida Vatanga qaytarildi.