AsosiyJamiyat

O`qishga kirish uchun ro`yxatdan o`tgan abiturientlar soni ma`lum qilindi

'O`qishga kirish uchun ro`yxatdan o`tgan abiturientlar soni ma`lum qilindi'ning rasmi

Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga o`qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro`yxatdan o`tgan va ta`lim yo`nalishlarini tanlagan abiturientlar soni — 496 793 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda DTM xabar berdi. 

Shundan:

  •  237 197 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
  •  259 596 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

 Abiturientlarning ta`lim shakllari bo`yicha taqsimoti (birinchi ta`lim yo`nalishiga nisbatan):

  •  Kunduzgi ta`lim shakli — 309 665 nafar (62 %);
  •  Sirtqi ta`lim shakli — 172 992 nafar (35 %);
  •  Kechki ta`lim shakli — 11 130 nafar (2 %);
  •  Masofaviy ta`lim shakli — 3 006 nafar (1 %).

 

 Abiturientlarning doimiy yashash hududi bo`yicha taqsimoti:

 Samarqand viloyati — 59 551 nafar.

 Qashqadaryo viloyati — 54 690 nafar.

Toshkent viloyati — 51 436 nafar.

Farg`ona viloyati — 47 616 nafar.

Surxondaryo viloyati — 38 480 nafar.

Andijon viloyati — 37 011 nafar.

Toshkent shahri — 33 602 nafar.

Namangan viloyati — 31 323 nafar.

Buxoro viloyati — 29 459 nafar.

Jizzax viloyati — 27 084 nafar.

Xorazm viloyati — 25 317 nafar.

Navoiy viloyati — 22 074 nafar.

Qoraqalpog`iston Respublikasi — 21 010 nafar.

Sirdaryo viloyati — 18 140 nafar.

    Boshqa yangiliklar