AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda harorat 42 darajagacha ko`tariladi

'Bugun O`zbekistonda harorat 42 darajagacha ko`tariladi'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, bugun, 14 iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 21-23 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi chang-bo`ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent,  Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo`ladi.

Andijon,  Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi.

Respublikamizning tog`oldi va tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 23-28 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar